Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-03-15 15:01:23
  • 6 comments
“Kitobxonlik” tanlovining birinchi bosqich g‘oliblari taqdirlandi

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon- qoniga singib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlarimizga bo‘lgan eʼtiborni yana-da kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga katta eʼtibor berib kelinmoqda. Bu bo‘yicha 5 tashabbus ilgari surilgan bo‘lib, hozirda mazkur tashabbus ijrosi joylarda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ham mazkur tashabbusni to‘rtinchisi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha talabalar o‘rtasida 3 bosqichli “Kitobxonlik” tanloviga start berilgan edi.

Kuni kecha Farmatsiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Yuldashev, FITQ kafedrasi o‘qituvchisi g.Sultonova, tyutor F.Ernazarova, Farmatsiya fakulteti dekan muovinlari A.Tag‘bayev va fakultet talabalari ishtirok etishdi.

Tanlov ishtirokchilarini taqdirlash marosimida ishtirok etgan mutasaddilar g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Bunday tadbirlarni talabalar o‘rtasida ko‘plab o‘tkazish lozim. Zero, hozirgi kunda turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan dunyo manzaralarida yoshlarimizning maʼnaviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti

Axborot xizmati

Taklif va mulohazalaringizni jonating