Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-03-15 06:41:29
  • 6 comments
“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Hozirgi kunda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaqtda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqcatda joriy yilning 11 mart kuni Toshkent farmatsevtika institutining Sanoat farmatsiya fakulteti katta majlislar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ibroxim Sagatov, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori Kamoliddin Xusanov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi bo‘lim mutaxassisi Akmalxon Axmedov, Mirobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Zayniddinov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Xabibullo Sagdiyevlar ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda talaba yoshlar bilan bir qatorda professor o‘qituvchilar ham qatnashishdi.

“Hammamizga maʼlumki har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yana-da shakllantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o‘rin tutadi”, - dedi prorektor Ibroxim Sagatov.

Davra suhbati davomida maʼruzachilar ham talaba yoshlarga mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga “Ajal bilan yuzma-yuz” filmi ham namoyish etildi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti

Axborot xizmati

Taklif va mulohazalaringizni jonating