Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-16 10:50:47
  • 6 comments
Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg Davlat kimyo farmatsevtika instituti Ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Flisyuk Elena Vladimirovna tashrifi

    Kuni kecha, Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg Davlat kimyo farmatsevtika instituti Ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Flisyuk Elena Vladimirovna tashrif buyurdi.

 

      F.E.Vladimirovna  Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev boshchiligida kutib olindi hamda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, farmatsevtika sohasida salmoqli natijalarga erishish, ikki tomonlama tajriba almashishni tizimli yo'lga qo'yish va yana bir qator muhim masalalar yuzasidan muzokarakar olib borildi.

      Avvalroq xabar berganimizdek, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti olimlari hamda Toshkent farmatsevtika instituti mutaxassislari birgalikda  2021 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligining subsidiya ko'rinishidagi grantlarini qo'lga kiritishgan edi. 

 

 

    Ushbu uchrashuvda ham bu kabi hamjixatlikdagi yutug'lar va natijalar davomiy bo'lishi, aloqalarning yanada mustahkamlanishi borasida kelishuv amalga oshirildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating