Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021 yilning 4 dekabr kuni ZOOM platformasida soat 16:30 da Biotexnologiya kafedrasi dotsenti M.R.Zakirovaning «Farmatsevtik biotexnologiyasi» fanidan «Mikroorganizmlardan olinadigan antibiotiklar va ularni biotexnologik usullar bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish» mavzusida 5510600-Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlari 4-kurs 4-oqim (yevro) talabalariga ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar dars davomida biotexnologik usul bilan antibiotik olish sxemasi bilan tanishib, mikroorganizmlarni shtammlarini tayyorlashdan boshlab, ekish, antibiotik ajralishi, fermentatsiya, ozuqa muhitlari, texnologik jarayon parametrlari, hosil bo‘lgan preparatlarni olishda maydalash, ekstraksiya qilish, filtrlash, sentrifugalash, bug‘latish usullari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.