Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-10 14:18:35
  • 6 comments
Toshkent Farmatsevtika instituti va Ibn Sino jamoat fondi o’rtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 10 dekabr kuni Toshkent Farmatsevtika instituti  va  Ibn Sino jamoat fondi o’rtasida memorandum imzolandi. Delegatsiya a'zolari Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev  boshchiligidagi mezbonlar tomonidan kutib olindi.

 

 

 

Memorandum doirasida Ibn Sino jamoat fondi bilan xamkorlikda halqaro ilmiy - amaliy anjuman, masster klass va seminarlar o‘tkazish belgilanib olindi.  SHuningdek  o‘tkaziladigan halqaro ilmiy - amaliy anjumanlarda Ibn Sino mukofotini ta’sis etish belgilab olindi.

 

 

 

Islom taraqqiyoti banki tomonidan e’lon qilinayotgan xalqaro grantlarda birgalikda loyihalarda qatnashish taklif etildi.    Ibn Sino jamoat fondi Boshqaruv raisi Maxmudov N.A.  institut rektori va jamoasiga 2021 yil 25-26 noyabr kuni Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tgan  Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) va Сovid-2019 Mavzusidagi XI xalqaro Ibn Sino o‘qishlari - ilmiy - amaliy anjumanida institutning professor-o‘qituvchi va doktorantlarining "Zamonaviy farmatsevtika va COVID-19"  seksiyasida faol ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar va ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. O’z navbatida Toshkent farmasevtika  instituti jamoasi ham fond tashkilotchilariga samarali ilmiy hamkorlik uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating