Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021 yil 10 dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri N.K.Olimov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim boshlig’I N.E.Yusupova, Sanoat farmatsiya fakulteti dekan muovini Sh.Murodov, institut tyutorlari hamda talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir Sanoat farmatsiya fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov qutlov so'zlari bilan ochib berildi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan jamoa bo’lib ijro etildi.