Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-09 10:08:24
  • 6 comments
Talabalarning "Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohati

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 10-noyabr kunidagi 01-07/391-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutning O’zbek-Rossiya ta’lim fakulteti tyutori S.H.Abdullayev rahbarligida 201A va 201 B guruhlari 2021 yil 7dekabr kuni “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi. “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan  bo’lib, maydonga yanada ko’rk va fayz bag’ishlab turibdi. Muzey zali yorug’ va shinam. Zal markazida “Iztirob haykali” o’rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, o’z yorini sog’ingan ayol, ota mehriga to’ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bo’limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, o’sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan. Har bir bo’limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog’ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar mavjud. Talabalar ushbu sayohatdan o'zlariga bir olam quvonch va yangi bilimlarga ega bo'lishdi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating