Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021 yil 26-yanvar kuni Analitik kimyo kafedrasiga Shayxontohur tumani 102-maktab 9-sinf o’quvchilari tashrif buyurdilar. Kafedra mudiri, dotsent M.Fatxullayeva institut va kafedraning tarixi, uzoq yillar faoliyat olib borgan yetuk professor olimlari haqida ma’ruza qildilar. Ular o’z ma’ruzalarida yoshlikdan puxta ilm o’rganish, vaqtni bekorchi narsalarga sarflamaslik haqida ta’kidlab o’tdilar. So’ngra kafedra dotsenti B.I.Muxamedova va assistent S.D. Berdiyevlar tomonidan “Dori vositalari tarkibidagi moddalarning sifat va miqdoriy tahlili” mavzusida ochiq laboratoriya mashg’uloti o’tkazildi.