Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2021 yil 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag’ishlab «Konstitutsiya-baxtimiz qomusi» mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri A.E.Abdullayeva kirish so`zi bilan ochib berdi. Tadbirda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasidan Xamrayeva Xulkar Xamidullayevna ishtirok etdi. Mehmon o‘zlining nutqlarida mustaqil davlatning yangi qonunchiligining yaratilishi va qabul qilinishi, unda barcha bo‘lim va moddalari milliy qadriyatlarini tiklashga, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga, milliy, diniy qadriyatlar hamda vijdon va so’z erkinligini ta’minlashga, oilada mustahkam muhitni yaratishga, Vatanimiz milliy-madaniy meroslaridan oqilona va odilona foydalanishini belgilab berishga, millatlar va elatlar, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, do‘stona munosabatlarni yaxshilashga va shunga oid ezgu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi S.A.Shukurdjanova ham o‘zlarining nutqlarida asosiy Qomusimizning qabul qilinishi jamiyatda muayyan konstitutsiyaviy tartib o‘rnatilganligi, davlat organlari Konstitutsiya doirasida shakllangani va amal qilib kelayotganini aytib o`tdi. Binobarin, Konstitutsiya oliy yuridik hujjat sifatida davlatning tuzilishi va uning huquqiy tizimini belgilab beruvchi asosiy mezon ekanligi haqida takidladi. Bo`lib o`tgan mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘z xuquq va majburiyatlari to‘g‘risida bir qancha savollar bilan murojat qilishdi va o‘z savollariga javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida O`zbek tili va adabiyoti jamoasi tomonidan X.X.Xamrayevaga minnatdorchilik bildirildi. Davra suhbati juda qiziqarli savol javoblar bilan o‘tdi.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi