Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021 yil 9-10 dekabr kunlari Chimkent shahri Janubiy Qozog'iston tibbiyot akademiyasida (SKMA) "Перспектива развития биологии, медицины и фармации" mavzusidagi yosh olim va talabalar VIII xalqaro ilmiy anjumani bo'lib o'tmoqda.
Janubiy Qozog'iston tibbiyot akademiyasi taklifi bilan ushbu anjumanga Toshkent farmatsevtika instituti Magistratura bo'lim boshlig'i, Dori turlari texnologiya kafedrasi dotsenti, f.f.n., F.A.Umarova boshchiligida O'zbek tili va adabiyoti kafedra o'qituvchisi R.N.Otabekova hamda magistratura 1-2kurs talabalari: Ismoilov Shoxruh, Karimova Yulduz, Mengliyeva Shaxnoza, Odilova Durdona va Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Askarov Akmaljonlar tashrif buyurishdi.
Xalqaro anjumanda Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlari ham o'z ma'ruzalari bilan munosib ishtirok etishmoqda.