Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-07 12:00:46
  • 6 comments
Konstitutsiya bizning baxtimiz asosi

Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 60  va 175- maktablarda  8-dekabr konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bizning baxtimiz asosi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda  Toshkent farmatsevtika institutining “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.d. Sharipova Iroda Shavkatovna, kafedra assistentlari Tashpulatova Nasibaxon Xudayarxonovna , Mirzakamolova Dildora Sembayevna, “Banokatiy” MFY maslahatchisi Muhiddinova Shahodat  va  milliy gvardiya katta letenanti Nurmatov Shaxboz  hamda 60 va 175- maktab o’quvchilari ishtirok etdilar.

 

 

 

 

Tadbirning ochilishida  barcha kelgan mehmonlar va o’quvchilar ishtirokida madhiyamiz kuylandi. Tadbirni  60-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Karimova Asya Rafikovna va 175-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Axmedova Moxira Abdumalikovnalar olib bordilar.

 

 

 

Tadbirda 60 va 175- maktab o’quvchilari tomonidan Vatan va qomusimiz haqida sherlar o’qildi, qo’shiqlar kuylandi va o’quvchi qizlar ishtirokida milliy raqslar ijro etildi. Uchrashuv davomida rasmlar tanlovi hamda “Konstitutsiyamiz-faxrimiz mavzusida ” insholar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov g’oliblariga estalik sovg’alar topshirildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating