Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-07 07:48:52
  • 6 comments
“Bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik va dinlararo munosabatlarda yoshlar faolligi” mavzusida ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Kuni kecha, Toshkent farmatsevtika instituti fakultetlari talabalari va Akademik litsey  o‘quvchilari o‘rtasida “Bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik va dinlararo munosabatlarda yoshlar faolligi” mavzusida ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

 

 

 

Mazkur ko‘rik-tanlov yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash hamda mazkur tashabbusning 1 – “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish” yuzasidan institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi”, Kasaba uyushma qo‘mitasi va fakultet dekanlari hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.

 

 

 

 

Uchta jamoa tomonidan bir biridan qiziqarli hind, koreys, rus, turk, qoraqolpoq, ispan, jonajon O'zbekistonimizning turli vohalari urf-odatlari, milliy liboslari, taomlari va betakror raqslari ila  ko'taringki ruhda go'zal sahna chiqishlarini namoyish qilindi.

 

 

 

 

 

Ko‘rik-tanlovning institut (birinchi) bosqichida  faxrli birinchi o'rin Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari jamosai; ikkinchi o'rin Farmatsiya fakulteti talabalari jamoasi; uchinchi o'rin- akademik litsey o'quvchilariga nasib qildi. Ishtirokchilar institut tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Ushbu tanlov, Talaba-yoshlar o‘rtasida millatlararo totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlilikni keng targ‘ib etish, do‘stlik, birodarlik tushunchalarini singdirish hamda malakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida xabardor qilib borish, institut faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, axborot erkinligini ta’minlashdek demokratik islohotlarni chuqur o‘rganish, shuningdek, ular ongida yangilanayotgan O‘zbekistonda uchinchi Renessansning poydevori qo‘yilganligiga ijtimoiy munosabatni hamda yurt tinchligi, vatan ravnaqini ta’minlash yo'lida amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan yutuqlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini, mafkuraviy immunitetini shakllantirishga xizmat qilishi shubxasiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating