Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-03 13:06:14
  • 6 comments
ARIZONA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

Joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent Farmatsevtika instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi taklifiga binoan, Arizona universiteti delegatsiyasi Farmatsevtika instituti bitiruvchilarini xorijiy OTMlarda magistratura bosqichi va oliy ta’limdan keyingi PhD va DSc ni davom ettirishlari uchun seminar-trening o'tish maqsadida tashrif buyurishdi. 

 

 

 

Delegatsiya a'zolari Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev  boshchiligidagi mezbonlar tomonidan kutib olindi. Dastlab, mehmonlar qadim va navqiron  yurtimiz tarixi shuningdek,  institut tarixi va bugungi kundagi faoliyati bilan batafsil tanishtirilgach, talaba-yoshlar bilan uchrashdilar.

 

 

 

Seminarda Universitetning Chet-el talabalarini qabul qilish bo'limi direktori Tolga Turker (Tolga Turker), Xalqaro idoralar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Stefani Adamson (Stephanie Adamson) va Xalqaro talabalar bilan ishlash bo'yicha director Lyudmila Klark (Ludmila Clarke), Toshkent farmatsevtika instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Z.A.Yuldashev, O'quv amaliyotini tashkil etish bo'yicha prorektor X.G.Ganiyeva, Xalqaro bo'lim boshlig’i K.Alijonova, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri A.Abdullayeva hamda professor-o'qituvchilar, institut bitiruvchi talaba va magistrantlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

 

 

 

Seminar davomida Arizona universiteti rahbariyati universitetda taʼlim olish jarayonlari, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy talablarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mexanizmi, o'qish jarayonida stipendiantlar eʼtibor qaratishi lozim bo'lgan masalalarga doir ma’lumotlar berishdi. Bundan tashqari mehmonlar Arizona universiteti tarixi, o'qish jarayoni va talabalar hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o'tishdi. Shu bilan birga, Yevropa va Markaziy Osiyoning oliy ta’lim muassasalari bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari, bitiruvchi talabalarga mos bolgan grantlar haqida batafsil to'xtalib o'tdilar. 

 

 

 

 

Shundan so'ng, talabalar va professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, qizg’in suhbatni davom ettirishdi.   Delegatsiya a'zolari  tomonidan “Motivation paper” to'ldirish va yozish batafsil tushuntirilib, shartsiz o'qishga qabul qilish xatini ya’ni “Application letter” olish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida ham to'xtalib o’tishdi. Ushbu uchrashuvdan  Bitiruvchi talaba va magistrlar  ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'ldilar. Seminar-trening so`nggida, mehmonlar Toshkent Farmatsevtika instituti talabalariga esdalik uchun sovg’alarini berishdi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating