Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-01-26 15:29:51
  • 6 comments
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021  yilning 4 yanvar kunidagi “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021  yil 11 yanvar kundagi 87-02-70-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 23 yanvar kuni institut faollar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.K.Ismailov, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash qo‘mitasining a’zosi, deputat Rizaev Navro‘z Ibodullaevich, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, kafedra professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ta’minlandi. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash qo‘mitasining a’zosi, deputat Rizaev Navro‘z Ibodullaevich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan tibbiyotga oid ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir “O‘zbekiston 24” telekanali xodimlari tomonidan suratga olindi va informatsion dastur orqali yoritilishi belgilab olindi.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating