Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021 yil 30 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti «Fizika, matematika va axborot texnologyalari» kafedrasi dotsenti N.T.Qodirova va katta o’qituvchi N.B.Sadikovalar Toshkent shahar 160-A maktab 10-A sinfida fizika fanidan “Mexanikada saqlanish qonunlari” mavzusida ochiq dars o’tdilar. Mashg’ulotda Mexanikada energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanishqonunlari, formulalari tushuntirilib, farmatsevtika sohasida qo’llanish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Piknometr yordamida suyuqlikning zichligini aniqlash usuli ko’rsatib, tegishli formulalar tushuntirildi. O’quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar olib borildi.