Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugun 29-noyabr sanasida, Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor I.R.Sagatov, Farmatsiya fakulteti dekani V.R.Xaydarov, Mirobod tuman IIB xodimi Sh.A.Samatov bilan Farmatsiya fakulteti talabalari o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktikasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida talabalar odob-axloq tamoyillariga qat'iy rioya etishlari, ichki tartib intizom qoidalariga bo'ysunushlari, o'zaro hurmat va muloqot madaniyatini shakillantirish masalalari muhokama etildi.
Qolaversa, talaba-yoshlarning Ijtimoiy hayotlaridagi muammolari tinglandi va har qanday vaziyatni qiziqqonlik va nizo yo'li bilan emas, balki o'zaro hurmat saqlangan holatda hal etishlari zarurligi aks holda qat'iy chora ko'rilishi ta'kidlandi.