Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021-yil 24-noyabrda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 319-umumiy o’rta ta’lim maktabiga reja asosida “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” katta o’qituvchilari N.S.Salimsakova, L.S.Yuldasheva, L.B.Sultanova, G.F.Xoshimova, D.O.Kamalovalar tashrif buyurishdi va 8-sinf o`quvchilari uchun “O’quvchi yoshlarda huquqiy savodxonlikni oshirishga” qaratilgan master-klass darsi tashkil etildi.
Tadbirni maktab direktori S.O.Toshmatova ochib berdi. Tadbirni o’tqazishdan asosiy maqsad: Bugungi kunda yoshlar orasida huquqiqiy savodxonlikni shakllantirishga oid Respublikamizda amalga oshirilayotgan huquqiy, ijtimoiy islohatlarga oid ma’lumotlar orqali ularning dunyoqarashini oshirishga qaratilgan yuqori saviyali tadbir tashkil etish, Yaqin orada bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan bayroqlarni kelib chiqish tarixi, Davlat bayrog‘i va unga munosabat haqida fikr, mulohazalar bildirildi.