Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi!
«TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichida ishtirok etish uchun 300 ga yaqin ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tdi. Mutaxassislar tomonidan qatnashchilarning loyihalari saralanib, 8 nafar jamoa g‘olib deb topildi.
Quvonarlisi shundaki, Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasi assistenti Tayirova Dilobar Baxtiyorovna "Immuno tea loyihasi" muallifli sifatida 15 mln so'm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
"TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni barcha g'oliblarini tabriklaymiz! Yutug'laringiz bardavom bo'lsin!