Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-11-25 06:11:43
  • 6 comments
Yong‘in xavfsizligi oyligi munosabati bilan o'quv seminar va amaliy mashg'ulot tashkil etildi

Kuni kecha, "Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan shuningdek,har hafta chorshanba profilaktika kuni bo‘lganligi tufayli Toshkent farmatsevtika institutiga Mirobod tumani FVB  malakali xodimlari  maxsus o‘t o‘chirish mashinasi, ekipaji bilan favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda yong‘inni oldini olish  bo'yicha o‘quv seminar va amaliy mashg‘ulotlarni  yuqori saviyada o‘tkazib berdilar.

 

 

 

Tadbirda, Mirobod tuman FVB boshlig'i polkovnik G'.O.Eshonov, Mirobod tumani FVB boshliq o'rinbosari podpolkovnik R.R.Kuziyev hamda ekipaj jamoasi, Toshkent Farmatsevtika instituti  Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor I.R.Sagatov va mehnat muhofazasi bo‘lim boshlig‘i M.D.Mirzayev hamda  institut jamoasi va talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan yong'in xavfini oldini olish va unga qarshi profilaktika amaliy mashg'ulotlar orqali ko'rsatib berildi.Talaba yoshlar yong'in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari bilan batafsil tanishtirib o'tildi.

 

 

Uchrashuv so'ngida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating