Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-01-25 10:08:50
  • 6 comments
MChJ “TEMUR MED FARM” hamda “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik ishlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’q’risida”gi PQ-4310-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent farmatsevtika instituti “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi jamoasi faol ishlar olib borishmoqda. Kafedra MChJ “TEMUR MED FARM” farmasevtik ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikni faol yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular bilan kelishilgan reja asosida ishlarni olib borilmoqda. Korxona 2011 yilda tashkil topgan bo’lib, ISO 2009 standartiga ega. Bugungi kunda 85 tur dori vositasini ishlab chiqaradi. Yanvar oyining 23 kunida “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi professor o’qituvchilari tashabbusi bilan instittut talabalari uchun MChJ “TEMUR MED FARM” farmasevtik ishlab chiqarish korxonasi sifat bo’limiga online tashrif” ochiq amaliy darsi tashkil qilindi.

Mashg‘ulotni kafedra mudiri, dotsent F.S. Jalilov, ishlab chiqarish amalietiga ma’sul E.E. Raximova, shuningdek sifat bo’limi rahbari A.Q.Shaibekov olib borishdi. A.Q.Shaibekov korxona haqida to‘liq ma’lumot berdi Asosan sifat bo’limini tuzilishi va jihozlanishi va bajariladigan ishlar haqida ma’lumotlarni bayon qildi.

      Ushbu online tashrif davomida kafedra profeesor o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib mutaxasislardan o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating