Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent Farmatsevtika instituti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasining hamkorlik doirasida 2021-2022o’quv yili uchun rejalashtirilgan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 16 noyabr sanasida O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistentlari Yakkasaroy tumani 319-maktab 9-sinf o’quvchilari uchun “Travelling” mavzusida mahorat darsi o’tib berishdi. R.N.Otabekova va М.А.Tashtemirova darsning boshida talabalarni qiziqtirish uchun mavzuga doir topishmoq berishdi va savol javob qilishdi.Ular ingliz tilida bilgan ilmlarini takrorlashdi va ko’proq bilmagan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.Dars qiziqarli o’yinlar bilan o’quvchilarni yanada jalb qilishga qaratildi. Turli hil ingliz tilini tushuntirish yo’lidagi metodlar bilan o’quvchilar ongiga tez yetkazildi va ular bundan mamnun bo’lishdi. Hattoki o’qituvchilar ham dars jarayoniga qiziqip o’zlari uchun yangi ma’lumotlar olishdi. Dars so’ngida faol o’quvchilar baholandi va kelajakda yangi marralarni erishishda berilgan ma’lumotlar foydali ekanligi aytildi.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi