Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgust kunidagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 avgust kunidagi 8-7-8/934 – sonli ko‘rsatma xati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 2 sentabrdagi 458-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 19 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlari va farmatsiya fakulteti talabalari ishtirokida Adiblar xiyoboniga tashrif amalga oshirildi. Tashrif jarayonida talabalar o‘rtasida “Oybek ijodida ta’lim – tarbiya, milliy qadriyatlarimizning tarannum etilishi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda Farmatsiya fakulteti dekan muovinlari F.E.Rahimov va A.A.Tag‘baev, Farmakognoziya kafedrasi assistenti O‘.J.Yunusov hamda talabalar ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida talabalar o‘zbek adibi Oybek poyiga gulchambarlar qo‘yishdi, shuningdek, adib hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar bilan o’rtoqlashishdi.