Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-27 08:53:13
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti 1 bosqich talabalari "Adiblar xiyoboni"da

2021 yil 23 sentyabr kuni institut miqyosida tashkil etilgan “MA’NAVIYAT KUNI“  tadbiri doirasida Farmatsiya fakulteti 1 kurs 106 A, B guruh talabalari tomonidan adiblar xiyoboniga tashrif amalga oshirildi. Mazkur tashrifda  guruh murabbiysi Sh.J.Dustmurodova xiyobonda joylashgan adiblar xususan  Bobur, Abdulla Qahhor, Oybek, Zulfiya, Hamid Olimjon, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar va boshqa bir qancha adiblar hayot ijodi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  Adiblar  xiyoboniga tashrifi chogʻida : “Adabiyot xalqning yuragi, elning maʼnaviyatini koʻrsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yoʻl topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning taʼsirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini oʻrganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz” degan soʻzlarining mazmun-mohiyatiga guruh rahbari tomonidan bafurja toʻxtalib oʻtildi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating