Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-14 10:38:33
  • 6 comments
Xarkov Milliy farmatsevtika instituti bilan o'zaro hamkorlik tog'risidagi memorandum imzolandi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev, Amaliyot ishlari bo'yicha prorektor X.G.Ganiyeva hamda Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Y.S.Kariyevalar Ukraina Respublikasida joylashgan Xarkov milliy farmatsevtika universitetida bo'lib qaytdilar.

Xizmat safari so'ngida, Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti rektori Kotvitska Alla Anatoliivna  hamda Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzoladilar.

 

 

Ushbu muzokara davomida o'zaro aloqalarni samarali davom ettirish, malakali farmatsevtlarni tayyorlashda o'zaro tajriba almashish, kadrlar almashinuvini tizimli yo'lga qo'yish masalari yuzasidan hamkorlik bayonnomasi tuzildi.

Buguni kunda xorijiy manlaktlar bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik har bir oliy ta'lim uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent farmatsevtika instituti ko'plab xorijiy mamlakatlar bilan yangidan yangi loyihalar ustida ish boshlamoqda.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating