Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika institutida Talabalarni turar joylariga joylashtirish masalalari Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor I.R.Sagatov boshchiligidagi institut Ishchi guruhi tomonidan 6 sentyabrdan boshlab o'z faoliyatini boshladi.
Institut Ishchi guruhi talabalar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarning har birini alohida oʻrganib chiqib, ehtiyoji aniqlangan talabalar oʻrtasida xonalarni taqsimlamoqda.
Bunda avvalo turar joyga ehtiyoji bor boʻlgan quyidagi talabalarning arizalari birinchi oʻrinda qabul qilinyapti:
- Toʻliq davlat taʼminotidagi talabalar (chin yetim);
- Nogironligi boʻlgan talabalar (1 va 2 guruh nogironlari);
- Boquvchisini yoʻqotgan talabalar;
- “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandlari;
- Ota-onasi 1 va 2 guruh nogironi boʻlgan talabalar;
- Oilasida 3 va undan ortiq toʻlov shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar.
Ishchi guruhning talabalar turar joyini taqsimlash jarayonini ota-onalar, talabalar oʻzlari bevosita kuzatmoqdalar. Institut Ishchi guruhi faoliyati talabalar turar joyiga ehtiyoji boʻlgan talabalarning arizalari va hujjatlari toʻliq oʻrganib chiqquniga qadar davom etadi.