Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-08 04:44:24
  • 6 comments
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yangihayot tumani mahallalarida targ’ibot ishlari amalga oshirildi

       O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda institut rektorining 2021 yil 4 avgust kunidagi 465-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutga biriktirilgan Yangihayot tumani mahallalarida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. 

 

 

2021 yil 31 avgust kuni Toshkent farmatsevtika instituti kafedra professor-o’qituvchilari, jumladan Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi A.S.Baydullaev, Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi professorlari N.D. Suyunov va X.J.Qambarovlar, Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti texnika fanlari doktori S.Y.Inog‘omov va  dotsent H.Sh.Ilhomovlar, Farmasevtik kimyo va Farmakognoziya kafedralari mudirlari, dotsentlar X.Q.Olimov va N.T.Farmonovalar, Farmakognoziya va dori  vositalarini  standartlash kafedrasi mudiri professor N.K.Olimov va katta o‘qituvchi I.X.Rustamovlar hamda Analitik kimyo kafedrasi mudiri dos.M.Fatxullaeva, assistentlar  F.I.Abdiyeva va I.R.O‘rinboyevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yili davomida bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida to’xtalib o'tildi. 

 

 

 

Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, deya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor berilayotgani yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, saylov uchastkalari, tayorgarlik holati bo’yicha mahallalar o’rganildi.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating