Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-08-27 07:55:19
  • 6 comments
O‘zbekiston delegatsiyasi Vengriyaning Debretsen universitetiga tashrif buyurdi

2021 yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston-Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumining mantiqiy davomi sifatida Vengriyaning Debretsen universitetida farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba almashish va bu sohada o‘zbekistonning uchta oliy o‘quv yurtlari bilan ikki tomonlama venger-o‘zbek qo‘shma diplom dasturiini ishlab chiqish uchun 25 avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov, Toshkent Davlat Agrar universiteti dotsenti Sh.Umidovlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Vengriyaning Debretsen universitetiga tashrif buyurdi.

 

 

Rektorlar forumida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlaridan so‘ng, yuqoridagi oliygohlar bilan yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi. Xususan, Debretsen Universitetining maqsadi dorivor o‘simliklarga asoslangan dori vositalarini ishlab chiqarish va quyi molekular dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirishdan tashqari, sug‘orish va aniq dehqonchilik bilan bog‘liq o‘quv va ilmiy dasturlarni bo‘lishishdan iboratdir.

 

 

- Asosan horijda ishlab chiqarilgan dori –darmon va ularning substansiyalarini import qilishdan qutilish, o‘zining farmatsevtika ishlab chiqarishini rivojlantirishda birinchidan malakali yosh kadrlarni tayyorlash, ikkinchidan - ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bugungi kundagi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.. Biz o‘z korporativ hamkorlik tizimimizda farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ilmiy professional yordam ko‘rsatishimiz mumkin. O‘zbekistonlik talabalar ikki yillik o‘zaro hamkorlik doirasida 2 semestr davomida Debretsen universitetida o‘qishadi. Bir tomondan, biz farmatsevtika sohasida, ikkinchi tomondan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma diplom olish to‘g‘risida kelishib oldik. Mashg‘ulotlarning katta qismini universitet va ishlab chiqarish laboratoriyalarida amaliyot o‘tashlari tashkil etadi. Gap Yevropa davlatlari misollaridagi ikki davlat pedagogik mahoratini uyg‘unlashtirish, boyitish haqida boradi. Bu ta’lim tizimi uchun juda innovatsion yondoshuv, deya qo‘shimcha qildi Debretsen universiteti rektori Zoltan Szilvasi.

 

 

Shuningdek, qo‘shma dusturlar Debretsen institutining o‘zbek sheriklari bilan ilmiy -tadqiqot va tajriba -konstruktorlik loyihalari, kurslar va dasturlarni tashkil etish, ilmiy va o‘quv materiallarini birgalikda nashr qilishda hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating