Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-07-24 08:26:18
  • 6 comments
Kelajagimiz poydevori bilimli yoshlar qo'lida!

Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi har tomonlama iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa, yetakchi xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida o‘qib, ilg‘or bilim, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Yurtimizda so'ngi yillar davomida ta'lim tizimiga qaratilayotgan katta e'tibor tufayli yoshlar o‘rtasida xorijiy mamlakatlarda tahsil olish istagi ham yuqori darajada. Chet el mamlakatlarida tahsil olayotgan o'zbek yoshlari safi yildan yilga ortishi esa barchani birdek quvontiradi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti bitiruvchilari orasida ham bir guruh ilmga chanqoq yoshlar xorijning nufuzli universitetlariga magistrlik darajasini olish uchun o'qishga qabul qilindilar.

Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti bitiruvchisi Uzoqboyev Shaxzodjon Ne'mat o'g'li Buyuk Britaniyaning "De Monfort" universiteti "Pharmaceutical quality by design" mutaxassisligi bo'yicha;

 

Farmatsiya fakulteti bitiruvchisi Axmadbekov Xojimuxammad Madaminjon o'g'li ham Buyuk Britaniya davlatining "De Monfort" Universitetining "Pharmaceutical quality by design mutaxassisligi bo'yicha;

 

 

Poyonov Muslimbek Muhammad o'g'li Farmatsiya fakulteti bitiruvchisi Janubiy Korea davlatining "Chungnam National" Universiteti "Drug target" yo'nalishi bo'yicha;

 

 

Sanoat farmatsiyasi fakulteti bitiruvchisi Karimjonov Abdurauf London shahrining "Roehampton" universiteti "Business management and marketing" mutaxassisligi bo'yicha;

 

 

Sanoat farmatsiyasi fakulteti bitiruvchisi Nodirova Ruxshona Buyuk Britaniya davlatining "Sunderland" universiteti "MSc Cosmetik Sciense"yo'nalishi bo'yicha;

 

 

Nurullayeva Saodat Sanoat farmatsiyasi fakulteti bitiruvchisi Seul shahrining "Sookmyung Women's" universitetiga o'qishga qabul qilindilar!

 

 

BARCHANGIZGA KELGUSI O'QISH VA ISHLARINGIZDA HAM YUQORI CHO'QQILARNI ZABT ETISH NASIB ETSIN!

Hurmat bilan Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev!!

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating