Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-07-01 10:17:46
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti Akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun Toshkent Farmatsevtika instituti Akademik litseyida 2020/2021 o‘quv yili bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilarga a'lo darajali, imtiyozli diplomlarni Toshkent Farmatsevtika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor) Z.А.Yo‘ldashev, Toshkent Farmatsevtika instituti Yoshlar bilan  ishlash bo‘yicha prorektori I.R.Sagatov, Akademik litsey  ijrochi direktori R.R.Gapurov topshirdi.

 

 

Bayramda shuningdek, Akademik litsey Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yeraliyeva Z.M hamda ota-onalar qo‘mitasi aʼzolari ishtirok etdilar. Tadbirda bitiruvchilar tomonidan minnatdorchilik ramzi sifatida tayyorlangan badiiy sahna ko‘rinishlar qatnashchilarda katta estetik zavq qoldirdi. Ustozlar tomonidan o‘quvchilarga, oldilarida turgan masʼuliyatli davr uchun zarur bo‘lgan ezgu tilaklar bildirib o‘tildi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating