Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-07-01 08:06:07
  • 6 comments
Magistrlik Dissertatsiya Himoyalari: Natija, Quvonch, Mamnuniyat!

Kuni kecha, Toshkent farmasevtika institutida 5 ta magistratura mutaxassisliklari: “Farmatsiya ishini tashkil qilish va boshqarish”, “Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya”, “Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi”, “Dorilarning sanoat texnologiyasi”, “Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi” bo‘yicha jami 79 nafar magistrant, ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

 

 

Magistrlik dissertatsiyalarining himoyalari, institut va boshqa oliy ta’lim muassasalari turdosh kafedralarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek nufuzli tashkilotlarning malakali mutaxassislaridan iborat bo‘lgan, Davlat attestatsiyasi hay’atlari tomonidan o‘tkazildi: Toshkent vaktsina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, O‘zR FА Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti biotexnologiya va nanotexnologiya laboratoriyasi, O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot instituti “Tajriba texnologiyalar” laboratoriyasi, shular jumlasidandir.

 

 

Himoya jarayonlarini ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik ruhida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, kafedra a’zolari, magistrantlar, ota-onalar, jamoatchilik vakillari va bakalavrlarning ham ishtirok etishi ta’minlandi. Muhokamalar ochiq-oshkora, ilmiy bahs – munozaralar asosida jadal olib borildi.

 

 

Kodirova X.Sh., Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi mutaxassisligi magistranti:

  - Katta hayajon va quvonch bilan, bugun ikki yil davomida bizga berilgan ilm samarasini namoyish etmoqdamiz. Ushbu vaqt mobaynida “Dalachoy ajratmalari asosida dorivor polimer pardalar texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida ustozlarim ko‘magi orqali izlanishlar olib bordim va bugungi muvaffaqiyatli himoyam uchun  ustozlarimning barchasidan cheksiz minnatdorman. Oldimda turgan eng asosiy maqsadlarimdan biri, Farmatsevtika sohasi  rivoji yo‘lida o‘z hissamni munosib qo‘shishdir.

 

 

 Toshkent farmatsevtika instituti Axborot xizmati

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating