Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Yoshlar – jamiyatimizning muhim qismi ekanligi hamisha har jabhada eʼtirof etib kelinadi. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan yoshlarning munosabati, fikrlari va hayot tarziga bogʻliqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini nishonlash to‘g‘risida"gi qonuniga binoan 30 iyun –“O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni” deb e'lon qilingani ham bejiz emas, albatta.
Kuni kecha, “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Botanika bog‘i”da tashkillashtirilgan “Talaba va yoshlar forumi”da Toshkent farmatsevtika instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Institut iqtidorli talabalari forum doirasida bo‘lib o‘tgan bit qator yo‘nalishlarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
Xamraeva Sarvinoz Аzamat qizi -- Farmatsiya fakulteti 212-А guruh talabasi
"Ilm fan hududi" Kimyo laboratoriya mashg‘ulotlari sovrindori;
Yusupova Аzizaxon Farxodovna -- Farmatsiya fakulteti 212-B guruh talabasi
Shaxmat o‘yinlari g‘olibi;
Voxidov Bekzod -- Farmatsiya fakulteti talabasi
"Ilm fan hududi" Kimyo laboratoriya mashg‘ulotlari sovrindori;
Yakubov Shahzodbek "Ziyo forum" xalqaro fondi "O'zingni sinab ko'r" intilektual o'yini g'olibi;
Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimizni, yana bir karra bugungi bayram bilan muborakbod etamiz. Bugun siz maydonga dadil chiqib, hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan har qanday vazifalarni hal etishga qodirsiz.