Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan deyarli barcha o‘simliklardan xalq tabobatida azaldan samarali foydlanib kelingan. Shu sabab, xalq tabobatiga kerakli e’tibor qaratish dolzarb dorivor o‘simliklarni topishda muhim sanaladi. Har yili an’anaviy tarzda Toshkent Farmatsevtika instituti qoshidagi chimyon bazasida talabalar olgan nazariy bilim-ko‘nikmalarini amaliyot orqali mustahkamlashlari uchun dala amaliyoti mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Joriy yil 23 iyun kuni Sanoat farmatsiya fakulteti Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2 bosqich talabalari 30 iyunga qadar farmakognoziya fanidan dala amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tashga jo‘nab ketishdi. Farmakognoziya kafedrasi dotsentlari Raximova G.K., Ikramova M.Sh va assistent Muratov Sh.B.lar nazoratida 85 nafar talaba yigit-qizlar chimyon bazasida dorivor o‘simliklarni tabiiy ko‘rinishi bilan tanishish,o‘simliklarni yig‘ib, quritib, uni mahsulot xoliga keltirgunga qadar bo‘lgan jarayonni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot doirasida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini kengaytirishmoqda, balki yozning issiq kunlarida so‘lim go‘shada zavqli dam olish va sportning bir qator turlari bilan ham mashg‘uldirlar.