Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-11 10:15:29
  • 6 comments
BESH TASHABBUS – AMALDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning mart oyida “Beshta muhim tashabbus” ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus”ni qoʻllab quvvatlash maqsadida talaba-yoshlar hamda institut rahbariyatiga biriktirilgan Toshkent shahar Mirobod tumani “Oybek” mahallasida yashovchi yoshlar uchun sportning shaxmat, shashka, futbol turlari, va yana bir qator yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklar jadvali ishlab chiqildi va jadvalga muvofiq mahalla yoshlari sportning futbol turi boʻyicha  malakali murabbiylardan saboq olib kelishmoqda.

 

 

Institut jamoasining ushbu toʻgaraklarni tashkil etishda oldiga qoʻygan eng oliy maqsadlaridan biri  mahalladagi uyushmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni oʻziga xos musobaqalarda  shijoat va tashabbuskorlik bilan  sogʻlom raqobat ostida bellashib, oʻzaro doʻstlashishlari va oltinga teng vaqtlarini mazmunli oʻtkazishdan iboratdir.

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating