Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-10 11:44:03
  • 6 comments
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun mohiyatini talaba-qizlarga yetkazish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Toshkent farmatsevtika insituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi raisi B.X.Boltayeva va institut psixologi N.A.Rahmatova tashabbusi bilan  1-sonli TTJda istiqomat qiluvchi qizlarga O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini  hususida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda Mirobod tunmani Oybek mahallasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash  raisi N.F.Gulyamova, Mirobod tuman Oybek mahalla Otinoyisi M.Mirzajonova hamda  Huquqni muhofaza qilish idora vakillarining ishtiroki ham ta’minlandi. Davra suhbati davomida talaba-qizlar huquqiy va diniy bilimlarini yanada oshirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating