Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-08 15:33:14
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzuridagi immunologiya va inson genomikasi instituti hamda Biotibbiyot texnologiyalari Аssotsiatsiyasi o‘rtasida uchtomonlama Memorandum imzolandi

 

 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qarorining ijrosi yuzasidan biotexnologiyalarni rivojlantirish, ushbu sohada fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini taʼminlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg‘or biotexnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzuridagi immunologiya va inson genomikasi instituti hamda Biotibbiyot texnologiyalari Аssotsiatsiyasi o‘rtasida uchtomonlama Memorandum imzolandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori akademik Tamara O‘ktamovna Аripova, Biotibbiyot texnologiyalari Аssotsiatsiyasi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzuridagi immunologiya va inson genomikasi instituti qoshidagi genom-hujayra texnologiyalari laboratoriyasi rahbari Xegay Tatyana Rudolfovna va Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizaev, Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Аkmalovna Nodira Аbzalovalar biotexnologiya va gen muhandisligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fanning bugungi holatini inobatga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasini muhokama etdilar. 

Biotexnologiya korxonalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq biotexnologiya tarmog‘i va qo‘shimcha mutaxassisliklarning turli toifalari uchun mavjud taʼlim standartlarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish, talabalarni amaliyot bazalari bilan taʼminlash, talabalar uchun nomdor stipendiya taʼsis etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, biotexnologiya sohasida magistratura talabalari hamda doktorantura ilmiy izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Biotexnologiya kafedrasi pedagog xodimlari uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy seminarlar va kasbiy malakasini oshirishni tashkil etish vazifalari yo‘l xaritasiga kiritildi va tasdiqlandi. Tadbir “Grand Pharm Trade” MCHJ ko‘magida tashkil etildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating