Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-01-15 13:22:17
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti professor-oʼqituvchilari tomonidan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumtaʼlim maktablarining oʼqituvchilari uchun oʼtkazilgan oʼquv-uslubiy master-klasslar haqida

    2021 yil 8-9 yanvarь kunlari institutga biriktirilgan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumtaʼlim maktablarining oʼqituvchilariga “Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan”, “Botanika” va “Kimyo” fanlari boʼyicha oʼquv-uslubiy master-klasslar oʼtkazildi. Mazkur oʼquv-uslubiy master- klasslar oʼtkazishdan maqsad oliy va oʼrta-maxsus taʼlim hamkrligini taʼminlash, oʼquvchilarda innovatsion va tadbirkorlikka yoʼnaltirilgan taʼlimni rivojlantirishdan iborat.Oʼquv-uslubiy master-klasslar oʼtkazish jarayoniga institutning salohiyatli mutaxassislari professor-oʼqituvchilari jalb etildi. 

Jumladan,Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi professori E.S.Bagdasarova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti V.B.Rasulova, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori X.R.Toʼxtaev, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti B.T.Toʼraev, Farmakognoziya kafedrasi dotsenti А.Jabbarov, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi M.T.Karieva, Organik va biologik kimyo kafedrasi katta oʼqituvchisi I.Sh.Koʼcharova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi assistenti N.M.Kasimova hamda institutga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarini rahbar va oʼqituvchilari Zoom orqali qatnashib, ilm-fan va taʼlimga oid dolzarb masalalarning yechimi, masofaviy taʼlimning kamchiliklari va afzalliklari boʼyicha qizgʼin davra muzokaralari olib borildi.“Talabalarga va oʼquvchilarga fiziologiya fanidan dars oʼtish tartibi”, “Sogʼlom turmush tarzi”, “Primenenie innovatsionnыx texnologiy dlya modernizatsii uchebnogo protsessa”, “Oʼsimlik tuqimalarni mavzusini oʼtishda ilgʼor pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Svoeobraznыy podxod obucheniya temы “Kompleksnыe soedineniya””, “Kimyoviy reaktsiyalar tezligi”, ”Oqsil haqida tushuncha.

 Oqsillarning tuzilishi, tarkibi va funktsiyasi” kabi mavzularda maʼruzalar oʼtildi.  

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating