Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzusida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovda institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.Tanlovning institut bosqichini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi hamda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini taʼminlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish;
· Institutda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish;
· Yoshlarda yot taʼsirlarga qarshi mustahkamlash immunitetni shakllantirish;
· Chora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyati targ‘iboti taʼsirchanligini oshirish;
· Yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak maʼnaviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash.
Tanlovga maqolalar topshirish muddati may oyi yakuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Barcha talabalardan tanlovda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Ijodiy ishlaringizni institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi (telegram raqamiga (97)130-86-82 va (90)916-50-40)ga taqdim etishingiz mumkin.