Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Milliy g‘oyamiz asosi bo‘lgan tariximizni chuqur o‘rganish, ajdodlarimizning ibratli umr yo‘llari haqida maʼlumotlarni targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish va erkin fikrga ega isteʼdodli talabalarni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida talabalar o‘rtasida «Milliy g'oya targ'iboti» videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi. Videoroliklar ishtirokchining “Milliy g‘oya targ‘iboti – yoshlarimiz qanoti” mavzusida bo‘lib, qisqa metrajli badiiy yoki hujjatli videorolik ko‘rinishda taqdim etilishi kerak.
Videorolik tayyorlashda qo'yiladigan asosiy talablar:
· davomiyligi 2 daqiqadan 3 daqiqagacha;
· formati MPEG-4;
· 720r (1280x720) yoki 480r (854x 480);
· hajmi 40 megabaytgacha boʼlishi kerak.
Videoroliklar 2021-yil 29-may sanasiga qadar qabul qilinadi. Qolaversa, tanlov g‘oliblari institut rektori tomonidan moddiy va maʼnaviy rag‘batlantiriladi.
Ijodiy ishlaringizni institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi (telegram raqamiga (97)130-86-82 va (90)916-50-40)ga taqdim etishingiz mumkin.