Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-22 14:33:15
  • 6 comments
Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha Toshkent farmatsevtika institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

   Ayniqsa, talabalar o‘rtasida ilmiy-intellektual o‘yinlar o‘tkazish dolzarb hisoblanadi. Chunki, bunda talabaning o‘z fikrini himoya qilish, ilmiy bahs yuritish, jamoa bilan ishlash kabi qobiliyatlari rivojlanadi.

Toshkent farmatsevtika institutida har hafta o‘tkazilayotgan "Zakovat" Intellektual o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Har bir turda turnir jadvalida peshqadamlar o‘zgarib, intriga yuqori bo‘lyapti. Bu safargi tur ham oldingilari singari juda qizg‘in ruhda o‘tdi. Ishtirokchi talabalar soni ham bu o‘yinda ancha o‘sgani sezildi.

 


Bugun "Zukkolar" jamoasi nihoyat turnir jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan "Creative" jamoasini quvib o‘tdi va peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bu g‘alabada so‘nggi uch ochkolik savol ham muhim rol o‘ynadi deb aytishimiz mumkin. Chunki, oxirgi savolgacha o‘yinda "Creative" jamoasi eng katta ball bilan birinchi o‘rinni egallab turgan edi. Uch ballik savolga berilgan noto‘g‘ri javob va "Zukkolar" bergan to‘g‘ri javob butun masalani hal qildi. Shuningdek, uch ballik savolga yana "Alkimyogar" hamda "The Best" jamoalari to‘g‘ri javob berdilar.

Bugungi tur qizg‘in bahslar va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Har doimgidek, o‘yindan so‘ng jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 


Bugungi o‘yin qoldirilgan 4-tur sifatida o‘tkaziladi. Oldinda yana ikkita tur bor. Jamoalar orasidagi farq hamon unchalik katta emas va hammada chempionlik uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Keyingi, 5-tur 28-may kuni, soat 16:30 da bo‘lib o‘tadi.

Intellektual o‘yinning barcha tafsilotlari telegramdagi @farmizakovat kanalida yoritib borilmoqda.

Taklif va mulohazalaringizni jonating