Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-22 13:48:38
  • 6 comments
“Ommaviy madaniyat va yoshlar maʼnaviyati” targ‘ibot loyihasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 14 apreldagi 6/18-1/17-13-sonli topshiriq xati ijrosini taʼminlash hamda institutda talabalarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Fizika, matematika va АT kafedrasi tashabbusi bilan 2021 yil 19 may kuni O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsentlari Turdiali Jumaev, Аlimjon Dadamuxamedov va Fizika, matematika va АTkafedrasi dotsenti B.Аbduraxmonovlar ishtirokida “Ommaviy madaniyat va yoshlar maʼnaviyati” targ‘ibot loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.     

 

Mazkur tadbir “Ommaviy madaniyat va yoshlar maʼnaviyati”, “Yoshlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: axborot isteʼmoli madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzularida bo‘lib, internet – ilm manbai ekanligi, internetdan foydalanish madaniyati va yoshlar maʼnaviyati yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating