Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-22 13:46:03
  • 6 comments
Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Аt-Termiziy mahallasiga tashrif

 

O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “ Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab–quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi farmoniga binoan Toshkent Farmatsevtika Instituti rektorining 2021 yil 12 maydagi 311-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi o‘qituvchilaridan dotsent Hidoyatova Z.Sh, professor Suyunov N.D, dotsent Sodiqova G.E, katta oʼqituvchi Аzimova M.T, assistenlar Shokirov M. M, Nazirova D.А, Аllanazarova M.K lar Аt-Termiziy mahalla fuqorolar yig‘iniga tashrif buyurdilar.

 

Аt-Termiziy Mahalla fuqorolar yig‘ini raisi Nasirova Muxarram Kenjabevna va mahalla raisi kotibasi Ruzieva Mehriniso opa ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi soni 1452 nafar, shundan yoshlar soni 420 ta va Yoshlar daftariga kirgan yoshlar soni 3 nafar ekanligi haqida maʼlumot berdilar. Ushbu mahallada 9 ta turar joy majmuasi, 3 ta ko‘cha joylashgan bo‘lib, mahalla hududida maktab va bog‘cha mavjud emas.  Yoshlardan 26 nafari ish yuzasidan, 20-30 nafari esa o‘qish tufayli chet davlatlariga ketganliklari aniqlandi. Kafedra o‘qituvchilari va Аt-Termiziy mahalla raisi bilan birgalikda mahalla yoshlari bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik rejalari ishlab chiqildi va bundan buyon ushbu rejaga muvofiq ishlar olib borilishi tasdiqlandi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating