Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-22 13:36:59
  • 6 comments
“Ilhom” mukofoti tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

 

Joriy yilning 20-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta’sis  etish to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qarori hamda “Ilhom” mukofoti  tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” 28-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” mukofoti tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, shoir-yozuvchilar, OTM mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlari va talaba-yoshlari ham ishtirok etdilar. “Ilhom” mukofoti asosan, shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan OTMda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi. “Ilhom”  mukofoti tanlovining Respublika bosqichi uchun 82 ta oliygohdan 182 ta  ijodiy ish qabul qilingan bo‘lib,
shundan, 3 ta asosiy va 6 ta rag‘batlantiruvchi mukofot  uchun g‘oliblar saralandi.  Shuningdek, 1-o‘rin uchun – “Spark” avtomobili, maxsus diplom;
2-o‘rin uchun – 30 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom;
3-o‘rin uchun – 15 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom bilan taqdirlandi. 6 nafar rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating