Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa,
millat va xalq,butuninsoniyat
bezavol yashaydi.
Sh.Mirziyoyev
Yurtboshimizning ijodkorlarga bo‘lgan beqiyos e’tibori xususida, adabiyotimiz ravnaqiga umrini bag‘ishlagan adiblar xotirasiga atab barpo etilgan “Adiblar xiyoboni” bir yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ma’naviy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Xiyobonda qad rostlagan o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lmish Oybek haykali poyida, talabalar tomonidan adibning asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Adabiyotshunos olim hayoti va ijodi ishtirokchilar tomonidan yana bir karra yodga olinib, hurmat bajo keltirildi.