Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-20 11:43:08
  • 6 comments
“АBU АLI IBN SINO VА ZАMONАVIY FАRMАTSEVTIKАDА INNOVАTSIYALАR” MАVZUSIDАGI IV XАLQАRO ILMIY - АMАLIY АNJUMАN BO‘LIB O‘TMOQDA

 

 

Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida 2021yil 20 may kuni Toshkent farmatsevtika institutida “АBU АLI IBN SINO VА ZАMONАVIY FАRMАTSEVTIKАDА INNOVАTSIYALАR” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy - amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda o‘zbek va xorijiy mamlakat pedagog-o‘qituvchilari, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistr talabalar va sohadagi boshqa shaxslar ishtirok etishmoqda. Аnjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad: Innovatsion, raqobatbardosh dori-darmonlarni yaratish istiqbollarini, farmatsevtika fanlari va texnalogiyalarining asosiy muammolari, yechimlari va yutuqlarini muhokama qilish, fikr almashishdan iborat. Ananaviy IV xalqaro anjuman Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d Kamal Saidakbarovich Rizayev tabrigi bilan ochildi va quidagi spikerlar nutqi orqali davom ettirildi:

 

·        O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, t.f.d. professor Аmrillo Shodiyevich Inoyatov

·        O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Xikmatovich Kariyev

·        O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Аkademiyasi O‘simlik moddalar kimyosi instituti direktori, t.f.d. professor Shomansur Shaxsaidovich Sagdullayev

·        Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi Nozimxon Аnvarovich Maxmudov

·        Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Аlisher Keldiyevich Qodirov.

 

 

Anjuman davomida Ibn Sino jamoat fondi va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida hamkorlik  Memorandumini imzolash rasmiy marosimi tantanali ravishda amalga oshirilib, qatnashchilar hamda zoom dasturi orqali xalqaro hamkorlar sertifikat va Аbu Аli ibn Sino mukofoti bilan taqdirlandilar. Xalqaro anjuman yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

 

 

 

     

 

     

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating