Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-19 16:35:40
  • 6 comments
Yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini yo’lga qo’yish maqsadida uchrashuv tashkil etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmonining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2021- yilning 29-aprel kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021- yilning 20- apreldagi PF-6208-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 202-sonli buyrug‘ining ijrosini taʼminlash maqsadida  Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati, Toshkent Farmatsevtika instituti  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.R.Sagatov , Mirobod tumanida joylashgan “Yangi Mirobod” maxalla raisi Orzugul Sobirovna bilan hamkorlikda mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida  yoshlar bilan bog‘liq muammolar, uyushmagan yoshlar  hamda ularning bandligiga ko’maklashish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash  hamda  mahalladagi mavjud yo'llarni tamirlash kun tartibi masalasiga qo’yildi. Mazkur masalalar ijrosini taminlash va yechimini topishda tegishli masullarga ko’rsatmalar berildi.   

 

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating