Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-19 14:14:10
  • 6 comments
“Keksalarni e’zozlash – go‘zal fazilat ”

 

Har kuni munavvar tongni qarshi olar ekanmiz, bugungi tinch xotirjam kunlarimizga shukronalik tuygusini his etamiz. Ayni damda dunyoda sodir bolayotgan  kongilsiz voqealar dilni hira qiladi albatta,  va  bu barcha qalblarda  yana bir karra ushbu farovon hayotni tortiq qilgan insonlar xotirasiga ehtirom uygotadi. Shu jumladan, yoshi ulug zamondoshlarimizni  e’zozlash, ularning holidan xabar olish,  boquvchisini yoqotgan, kam taminlangan yurtdoshlarimizga ruhan va moddiy tarafdan dalda bolish ham eng  ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Kuni kecha Toshkent farmatsevtika  instituti jonkuyar  xodimlari, Fizika-matematika va AT kafedrasi professor-oqituvchilari tashabbusi  bilan  Toshkent shahar, Mirobod tumani “Tong yulduzi” mahallasida ana shunday hayriya sahovat ishlari amalga oshirildi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj  oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklar taqdim etilib, mazmunli va maroqli suhbatlar tashkil etildi.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating