Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Ustozni ulug‘ deb bilgan ma’rifatparvar xalqimiz muallim va murabbiy zotini hamisha ardoqlab, ularning mehnatini qadrlab keladi. Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz ustozlikning yuksak maqomini shunday ajoyib so‘zlar bilan ta’riflaydi: Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila”. Haqiqatdan ham kishi qalbiga ilm va ma’rifat nurlarini olib kirishda, hayotda munosib o‘rnini topishda ustozlarimizning mehnatlari tahsinga loyiq. Ularning mehnatlarini hech bir narsa bilan baholab bo‘lmaydi. Mana shunday jonkuyar ustozlarimizdan biri Toshkent farmatsevtika instituti Farmasevtik kimyo kafedrasi professori, Kimyo fanlari nomzodi Ubaydullaev Qudratilla Asadullayevichdir. Ustoz 52 yildan buyon institutda talabalarga saboq berib kelmoqda. Institut talabalarini faxriy ustozlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish bir an’anaga aylanib ulgurdi. 2021 yil 5 may kuni talabalar o‘rtasida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”, “Ilm insonni ezgulik sari yetaklar” mavzularida Farmasevtik kimyo kafedrasi professori Q.A.Ubaydullaev ishtirokida tadbir tashkil etildi. Suhbat jarayonida ustoz amalga oshirgan ishlari, talabalarga berayotgan saboqlari, milliy urf-odatlarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Jami ishtirokchilar soni 45 nafarni tashkil qildi.