Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 11-bandi ijrosini ta’minlash hamda murabbiylar faoliyatini monitoring qilish maqsadida 2021 yil 5 may kuni soat: 16-00 da katta faollar zalida “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.Q.Ismoilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, “Murabbiylar” kengashi raisi N.S.Salimsakova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi B.X.Boltaeva, fakultet dekan muovinlari hamda murabbiylarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar, xorijda ro‘y berayotgan voqealar, yangi qabul qilingan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shuningdek, institut tizimida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda murabbiylik tizimidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, institut miqsida eng faol bo‘lgan murabbiylarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish maqsadida institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova