Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2020 yil 26-aprel kuni Toshkent Farmatsevtika instituti Analitik kimyo kafedrasi tomonidan “Ilmiy tadqiqotlarda zamonaviy tahlil usullaridan foydalanish istiqbollari va muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy online seminar o’tkazildi. Seminarda Monastir universitetidan (Tunis) Dr. Marwene Oumezzine, Shanxay Materiya Medika institutidan CAS (China) Dr. Akmal M. Asrorov, Ukraina Milliy Farmatsevtika universitetidan PhD doktorant Umarov Ulugbek, O’zbekiston milliy universitetidan Dr. J.B. Tursunqulov, hamda Toshkent Farmatsevtika institutidan PhD J.U. Turakulovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ilmiy seminarda ishtirok etgan professor-o’qituvchilar va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mavzu doirasida ma’ruzachilardan javob oldilar va tajriba almashishdi.