Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-23 08:34:50
  • 6 comments
Talabalar turar joyida “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar.

 

Talabalar turar joyidagi 1-bino 402-412 xonalarga “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi institut tomonidan mas'ul etib tayinlangan. Kafedra tomonidan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy –ma’naviy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Kafedra tomonidan talabalar bilan ma'naviy - ma'rifiy ishlar o‘tkazish, ulardan xabar olib turish va muloqotlarini o‘tkazish jadvali ishlab chiqilgan.

Kafedra rejasida talabalarni tartib-intizom, davomat, talabalarni turli xil norasmiy diniy oqimlar ta'siridan saqlash, kiyinish va muomala madaniyati mavzularida davra suhbatlari va tadbirlar rejalashtirilgan. Talabalar turar joyida yaratilgan maishiy sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash va asrash, talabalar turar joyida talabalarning yashashi, dam olishi va dars tayyorlashi uchun yaratilgan sharoitlar va boshqalar to‘g‘risida suhbatlar o‘tkaziladi va talabalar tomonidan ko‘tarilgan muammolar o‘rganilib, tegishli maslahatlar beriladi.

Kafedramiz professor –o‘kituvchilari bilan shanbaliklar va Navro‘z bayramiga master klasslar o‘tkazildi.Darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun ,1-tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san'atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar tez-tez o‘tkazilib turilmoqda. 21.04.2021 yilda “Xayr-saxovat o‘zbek xalqiga xos fazilat” mavzusida suxbat o‘tkazildi va kafedra tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqatlar va shirinliklar tarkatildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating